Mikel Arteta: APL dunyodagi eng kuchli liga
We Are The Arsenal ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 31

Mikel Arteta: APL dunyodagi eng kuchli liga

❓ Manchester Siti ishi fonida Premer-liga dunyodagi eng kuchli liga bo'lib qoladimi?

🎙 Mikel Arteta:

«Shubhasiz. Yuz foiz. Bu ko'plab sabablarga ko'ra dunyodagi eng kuchli liga. Men bu yerda 20 yildan ortiq vaqt o'tkazdim va u dunyodagi eng kuchli liga bo'lib qoladi. Men bu yerda ekanligimdan juda baxtiyorman.
Bor va shunday klublar borki, masalan, Brayton va Brentford, ular ajoyib ish qilishdi va o'z resurslarini juda oqilona boshqarishmoqda. Biz buni bir necha hafta oldin Braytonga qarshi o'ynaganimizda o'zimizda his qildik».

Murabbiylik faoliyatingizda tanaffus qilishni xohlamaysizmi?

🎙 Mikel Arteta:

«Tanaffusmi? O'zim shug'ullanayotgan ishni to'xtatishmi? Hozir bu haqda umuman o'ylamayapman, chunki ishimni juda yaxshi ko'raman. Har kuni ertalab shu energiya bilan uyg'onaman. Ko'pchilik menga: «Mikel, senga dam olish kerak» va shunga o'xshash gaplarni aytadi. Ammo, rostini aytsam, ba'zida kun davomida tanaffus qilaman, keyin esa yana nimadir ustida ishlashga qaytaman va yanada ko'proq energiya his qilaman, chunki o'zim yoqtirgan ish bilan shug'ullanaman.
Bu sening haqiqiy va mutlaq ehtirosing bo'lgan ishning go'zalligidir. Aynan shuning uchun ham men bu yerda ekanligimdan nihoyatda baxtiyorman».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!