#Omonia — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Onder Ozen: Beshiktosh Yevropa Ligasida kamida 10 ochko to'plashi kerak

Onder Ozen: Beshiktosh Yevropa Ligasida kamida 10 ochko to'plashi kerak

Onder Ozen Yevropa Ligasi formati va "Beshiktosh"ning oldiga qo'yilgan vazifalar haqida gapirdi.

Onder Ozen:

Yevropa Ligasi so'nggi ikki mavsumda Chempionlar Ligasidan farqni sezilarli darajada qisqartirdi, Konferensiyalar Ligasi bilan solishtirganda esa, aksincha, farqni ancha oshirdi. Buni bizga tushgan qura natijalaridan ham ko'rish mumkin. Juda kuchli raqiblar bor. Shuningdek, diplomatik munosabatlarimiz murakkab bo'lgan mamlakatlarga safar qilishimizga to'g'ri keladi. Masalan, "Omoniya"ga qarshi safar o'yiniga to'g'ridan-to'g'ri ucha olmaymiz, Afina orqali borishimiz kerak. Isroil jamoasi bilan qanday bo'lishini bilmayman. O'yin qayerda o'tishini ham hozircha noma'lum. Vazifamiz oson ko'rinmayapti. Biz kamida 10 ochko to'plashimiz kerak. Bosh murabbiyimiz va futbolchilar buning yo'llarini izlashadi. Shuningdek, Germaniyaga ikki safar o'yini bor, biz u jamoalarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Umid qilamanki, hammasi "Beshiktosh" uchun ijobiy yakunlanadi. 10 va undan ortiq ochko keyingi bosqichga chiqishimizga imkon beradi.

O'ng ustun yangiliklari

Devid Akintola «Xall Siti»ni tark etdi

Devid Akintola «Xall Siti»ni tark etdi

«Xall Siti» va 30 yoshli vinger Devid Akintola o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishdi. Futbolchi faoliyatini Kiprning «Omoniya» klubida davom ettiradi.

Rasman:

Devid Akintola Kiprning «Omoniya» klubi futbolchisiga aylandi. «Xall Siti» va 30 yoshli vinger o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishdi.

Barchasi uchun rahmat, Devid!