Mikel Arteta mavsum starti va jamoa yaxshilashi kerak bo'lgan jihatlar haqida
We Are The Arsenal ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 15

Mikel Arteta mavsum starti va jamoa yaxshilashi kerak bo'lgan jihatlar haqida

🎙️ Mikel Arteta «Arsenal»ning mavsumdagi starti va jamoa hali o'sishi kerak bo'lgan jihatlar haqida gapirdi:

«Men futbolchilarni va parda ortida mehnat qilayotgan klub xodimlarini bajarayotgan ishlari uchun maqtashim kerak. Grafik juda tig'iz edi, doimiy safarlar tufayli o'yinlar oralig'ida tiklanish uchun vaqtimiz kam bo'ldi. Ammo shunga qaramay, jamoa aqlbovar qilmas mentalitet va xarakter ko'rsatdi.
Biz yaxshi holatdamiz, lekin ko'plab jihatlarda hali o'sishimiz mumkinligini tushunamiz. Xalqaro tanaffus vaqtida barchasini tahlil qilamiz, chunki undan keyin vaziyat o'ta murakkab bo'lishini bilamiz.
Yaxshilashimiz kerak bo'lgan ko'p narsalar bor va ulardan biri — ofsaydlar. Ba'zida bu to'g'ri vaqtni tanlash, futbolchilarning joylashuvi va muayyan vaziyatda qaysi bo'shliq ochilishi bilan bog'liq.
Ofsaydlar juda ko'p bo'lib ketdi. «Aston Villa»ga qarshi o'yin bu statistikaga bo'lgan qarashni biroz o'zgartiradi. Hozircha to'liq tahlil uchun tanlovimiz juda kichik, ammo bu albatta ustida ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlardan biri».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!