#Entoni Elanga — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Entoni Elanga: «Tyerri Anri — mening sevimli futbolchim»

Entoni Elanga: «Tyerri Anri — mening sevimli futbolchim»

Entoni Elanga «Tottenxem» darvozasiga kiritgan golini nima uchun aynan Tyerri Anri uslubida nishonlaganini tushuntirdi.

🗣️ Entoni Elanga — «Tottenxem»ga qarshi o'yinda Tyerri Anri uslubidagi nishonlash haqida:

«Men har doim Tyerri Anri mening sevimli futbolchim ekanligini aytib kelganman. Shu sababli, agar bugun «Tottenxem» darvozasiga gol ursam, aynan shunday nishonlashimni oldindan bilardim».
Entoni Elanga jiddiy jarohatdan qutulib qoldi

Entoni Elanga jiddiy jarohatdan qutulib qoldi

Entoni Elanga jiddiy jarohatdan qutulib qoldi. Vinger bemalol harakatlanmoqda, ammo katta ehtimol bilan boldir qismidan yengil lat yegan.

🚨 Stadiondagi muxbirlardan yaxshi xabar!

Elanga yaxshi va jiddiy jarohatdan qutulib qoldi. Vinger bemalol harakatlanmoqda, ammo katta ehtimol bilan boldir qismidan yengil lat yegan.

O'ng ustun yangiliklari

Elanga: "Murabbiylarning ishonchini oqlashga harakat qilyapman"

Elanga: "Murabbiylarning ishonchini oqlashga harakat qilyapman"

Entoni Elanga o'zining o'yini, murabbiy ishonchi va jamoaning kayfiyati haqida fikr bildirdi.

Elanga: «Yigitlar va murabbiy bilan faxrlanaman. Albatta, bugungidek so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborish juda achinarli, ammo biz ijobiy jihatlarga e'tibor qaratishimiz kerak. Barcha futbolchilar murabbiy bilan yaxshi munosabat o'rnatishgan va biz maydonda u uchun kurashishga tayyormiz.

Gol urish juda yoqimli bo'ldi. Men buni juda uzoq kutgandim. Gol ura olishimni bilaman va menga bildirgan ishonchi uchun murabbiyga minnatdorchilik bildiraman. Ko'proq gol urib, jamoamga g'alaba qozonishda yordam berishni istayman.

Men bunday lahzalar uchun, ayniqsa yozda va jahon chempionatidan keyin ko'p mehnat qildim. O'yinimni yaxshilashni xohladim va imkoniyatdan unumli foydalandim. Bu o'yindagi ilk zarbam edi.

Kevin Kigan - haqiqiy afsona. U insonni «Nyukasl» va «Liverpul» uchun aynan shunday ta'riflash mumkin. Bugungi muhit esa men uzoq vaqtdan beri o'ynagan eng yaxshi atmosferalardan biri bo'ldi».