Mattias Yayysle "Hall Siti"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida:
Entoni Elanga jarohati haqida:
"Hozircha Entoni bo‘yicha yangilik yo‘q. Hozirgina u bilan gaplashdim, hozir skanerdan o‘tish uchun ketmoqda. Tekshiruvdan so‘ng ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lamiz. Umid qilamanki, jarohati jiddiy emas.
Uning mavsumni juda yaxshi boshlaganidan keyin safdan chiqishi juda achinarli. Elanga jamoamizning asosiy futbolchilaridan biri, futbolchilarning holatini biroz yaxshiroq nazorat qilishimiz kerak."
"Lids"ga qarshi mag'lubiyat haqida:
"Lids"ga qarshi o‘yindan keyin to‘g‘ri javob qaytarish juda muhim. Barchamiz birdammiz va muxlislarimiz oldida munosib javob ko‘rsatishga to‘liq tayyormiz. Xalqaro tanaffus oldidan ushbu o‘yinlar seriyasini yaxshi natija bilan yakunlash ajoyib bo‘lardi."
Jarohatlangan futbolchilar haqida:
"Avval jarohat sabab safdan chiqqan futbolchilardan hech biri “Hall Siti”ga qarshi o‘yinga qaytmaydi.
Jarohat olgan va o‘ynay olmaydigan futbolchilarimiz bor, ammo biz buni boshqa futbolchilar uchun imkoniyat sifatida qabul qilamiz. Entoni va Amar shanba kuni o‘ynay olmaydi. Nico omadsiz bo‘ldi, ammo liga qoidalariga rioya qilishimiz kerak, shu sababli u shanba kungi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Remzi ham jarohat olgan.
Umid qilamanki, xalqaro tanaffusdan so‘ng jarohatlangan futbolchilarimiz ro‘yxati qisqaradi."
"Hall Siti"ga qarshi uchrashuv haqida:
"Hall Siti" juda yaxshi o‘ynayapti, jamoaning aniq o‘yin uslubi bor. Ular nima qilayotganini, kuchli tomonlari nimada ekanini va ularni maydonda qanday amalga oshirishni juda yaxshi bilishadi. Biz ularning kuchli tomonlarini zararsizlantirib, zaif jihatlaridan foydalanishimiz va yaxshi natijaga erishishimiz kerak."
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!