Brentford futbolchilarining jarohatlar bo'yicha yangilangan holati
Brentford futbolchilari Riko Genri, Antoni Milambo, Key Furo, Josh Dasilva va Mikkel Damsgorning jarohatlari bo'yicha yangi ma'lumotlar.
‼️Jarohatlar bo'yicha yangilanish‼️
° Riko Genri mashg'ulotda son va kvadriceps mushaklarini jarohatlab oldi va bir necha hafta maydonga tusha olmaydi. Katta ehtimol bilan u terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffusdan keyingina safga qaytadi.
° Antoni Milambo jamoa bilan birga shug'ullandi. Kit uning qaytishga yaqin ekanligini ta'kidladi.
° Key Furo hali maydonda mashg'ulot o'tkazmayapti, ammo tiklanish jarayonida yaxshi o'sish ko'rsatmoqda.
° Josh Dasilva xuddi Milambo kabi. U ham yanada intensiv mashg'ulotlarda ishtirok etdi.
° Mikkel Damsgor so'nggi haftalarda o'ng oyog'idagi og'riq bilan o'ynadi.
🗣Endryusning Damsgor haqidagi so'zlari:
Biz u bilan ehtiyotkor bo'lishimizga to'g'ri keldi. Terma jamoa safidagi o'yinlar vaqtida u qattiq zarbadan qutulib qoldi va biz jarohat jiddiy bo'lishidan jiddiy xavotirda edik. U jiddiy jarohatdan qutulib qoldi, lekin og'riqni his qilayotgan edi, shuning uchun biz uning mashg'ulot yuklamalarini va kontaktli mashqlar miqdorini sinchkovlik bilan nazorat qilishimizga to'g'ri keldi. Gap o'ng oyoq haqida ketayotgani uchun u hali ham og'riqni his qilayotgan edi. Biroq "Xall" bilan o'yin oldidan unga biroz yengilroq bo'ldi va og'riq kamroq bezovta qila boshladi. Hozir uning holati yaxshilandi, ammo so'nggi bir necha hafta sog'lig'idagi muammolar tufayli u uchun ancha qiyin kechdi. Endi u o'ynashga tayyor.