Roma erkin agent Rafael Gerreyroni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Transferlar bo'yicha ekspert Ekrem Konur so'zlariga ko'ra, Rafael Gerreyro jallorossilar rahbariyati nazariga tushgan o'yinchilar qatorida.
Portugaliyalik himoyachi Jan Pero Gasperini jamoasi uchun tajribali va sifatli kuchaytirish bo'lishi mumkin edi. So'nggi bir necha oy Gerreyro uchun oson kechmadi va yozda u hatto faoliyatini muddatidan avval yakunlash haqida ham o'ylab ko'rgandi.
Endi uning nomi yana bozorda paydo bo'ldi va xabarlarga ko'ra, Roma uni chap qanot himoyachisi sifatida o'z tarkibiga qo'shish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Biroq, hozirgi vaqtda bu faqat kuzatuv jarayoni xolos va muzokaralar boshlanganiga oid hech qanday belgilar yo'q.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!