AS: Mateo Kovachich «Atletiko» nishonida
AS xabariga ko'ra, «Atletiko» yarim himoyani kuchaytirish uchun Mateo Kovachich nomzodini ko'rib chiqmoqda.
AS: Mateo Kovachich yarim himoyani kuchaytirish varianti sifatida «Atletiko»ning e'tiboriga tushdi, chunki futbolchi hozirgi klubini tark etishni istamoqda.
Uning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2027-yilning iyuniga qadar amal qilsa-da, u qishda sotib yuborilishi mumkin. Chunki joriy mavsumda u bor-yo'g'i 8 ta o'yinda (373 daqiqa) maydonga tushdi.