Baena: Julian Alvarezning qaytishini kutmoqdamiz
Alex Baena Julian Alvarezning jamoaga qaytishi va sport formasini tiklab olishi haqida fikr bildirdi.
🚨 Savol: «Sizga Julian Alvarez yetishmayaptimi?»
Baena: «Yo'q, unday emas. Jamoa juda yaxshi o'ynadi. O'ylaymanki, ham boshlang'ich tarkib, ham o'yinni yakunlagan tarkib o'zini a'lo darajada ko'rsatdi. Endi esa Julian o'zini yomon his qilgan kunlardan so'ng eng yaxshi sport formasiga kirib olishini kutamiz, biz uni bu yerda kutyapmiz».