Killian Antonio uchun kurash: PSJ, Chelsi va Aston Villa
«Pari Sen-Jermen», «Chelsi» va «Aston Villa» «Lans» himoyachisi Killian Antonio bilan qiziqmoqda. Klub futbolchi uchun 30 million yevro so'ramoqda.
Fussball news xabariga ko'ra, «Pari Sen-Jermen» qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirish maqsadida «Lans» himoyachisi Killian Antonio bilan qiziqmoqda.
18 yoshli futbolchi ortidan «Chelsi» va «Aston Villa» klublari ham kuzatuv olib bormoqda.
«Lans» Antonio uchun kamida 30 million yevro talab qilmoqda, biroq 20 million yevro atrofidagi dastlabki takliflar ham ko'rib chiqilishi mumkin.