#Ueston Makkeni — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Weston McKennie: «Juventus»dan ketish niyatim yo'q»

Weston McKennie: «Juventus»dan ketish niyatim yo'q»

Ueston Makkeni «Manchester Yunayted»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi va «Yuventus»da qolishdan baxtli ekanini ta'kidladi.

Ueston Makkeni: «Mening «Manchester Yunayted» haqidagi gaplarimmi? Men «Yuventus» o'yinchisi hisoblanaman va shuni aniq aytmoqchimanki, klubdan ketish niyatim yo'q: so'zlarim noto'g'ri talqin qilingan. Tarjima va boshqa narsalar ochiqchasiga menga qarshi ishlatildi. Nima uchunligini bilmayman, lekin shekilli, tarjima jarayonida ma'no yo'qolgan. Men o'zim turgan joyda baxtliman va shu yerda qolishdan xursandman. Aynan shuning uchun ham shartnomamni uzaytirdim. Turinda yana ko'p yillar o'tkazish imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman».

Niko Gonsales: «G'alabadan va gol urganimdan xursandman»

Niko Gonsales: «G'alabadan va gol urganimdan xursandman»

Yuventus yarim himoyachisi Niko Gonsales o'zining o'yini va jamoadoshi Ueston Makkeni haqida fikr bildirdi.

Niko Gonsales:

«O'yinda asosiy figura bo'ldimmi? Ha, menga bu kerak edi, anchadan beri shuni kutgandim. Men baxtliman, gol urdim va biz g'alaba qozondik, shuning uchun uyga xotirjam qaytishim mumkin.

Makkeni uchun xursandchilik? U o'yin oldidan menga maydonga tushib gol urishimni aytgandi va yakunda hammasi shunday bo'ldi.

U panjaraga chiqib ketdimi? Men ko'rdim, u juda xursand edi. Qolaversa, kecha uning tug'ilgan kuni edi, bu ajoyib sovg'a bo'ldi.

Meni yetarlicha baholashmayaptimi? Bilmadim, bu savolni siz jurnalistlarga qoldiraman. Menga futbol o'ynash yoqadi va bugun ajoyib o'yin o'tkazdim».

O'ng ustun yangiliklari

Weston McKennie: AQSH terma jamoasi o'yinchilari «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin

Weston McKennie: AQSH terma jamoasi o'yinchilari «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin

Ueston Makkeni AQSH terma jamoasi futbolchilarining «Manchester Yunayted»ga o'tish ehtimoli haqida gapirdi.

🗣 Ueston Makkeni: «Ko'plab AQSH terma jamoasi o'yinchilari Pochettino ortidan «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkinmi? Bu juda ham haqiqatga yaqin. Bizning jamoada kelasi yili klubini o'zgartirishi mumkin bo'lgan bir nechta futbolchilar bor, shuning uchun bunday mish-mishlar tabiiy hol.

Ammo hammasi murabbiyning qaroriga bog'liq. Hozirning o'zida ba'zi amerikalik o'yinchilarning «MYU»ga o'tishi mumkinligi muhokama qilinmoqda.