Barcelona – Real Madrid o'yini uchun chiptalar sotuvi boshlandi
«Barselona» 25-oktyabr kuni «Real Madrid»ga qarshi bo'lib o'tadigan El-Klasiko uchun chiptalar sotuvini boshladi. Narxlar bilan tanishing.
Diario Sport xabariga ko'ra, «Barselona» klub a'zolari uchun 25-oktyabr kuni bo'lib o'tadigan «Real Madrid»ga qarshi El-Klasiko uchrashuvi uchun chiptalar sotuvini boshladi.
Oddiy chiptalar narxi 476,50 yevrodan 999 yevrogacha, VIP-o'rinlar esa 2050 yevrodan 5500 yevrogacha etib belgilangan.
Dinamik narx belgilash tizimi tufayli chiptalar qiymati talabga qarab oshishi mumkin.