Atalanta tarkibida sobiq Yugoslaviya davlatlarining barchasi jamlandi
Atalanta klubi o'z tarkibida sobiq Yugoslaviya tarkibiga kirgan barcha oltita davlat vakillarini jamladi.
Bergamoda Yugoslaviya «qayta birlashtirildi». Ko‘plab telegram-kanallar Yugoslaviya terma jamoasi hozir mavjud bo‘lganida qanday ko‘rinish olishini orzu qilsa, «Atalanta» buni amalda bajardi.
«Atalanta» tarkibida doim bolqonlik futbolchilar yetarli bo‘lgan, ammo bu yil «Leyptsig»dan Elif Elmasning kelishi bilan bergamoliklar to‘liq kolleksiyani jamlashdi. Bu hodisa shu qadar noyobki, hatto sobiq Yugoslaviya hududidagi klublarda ham bunday tarkibni uchratish qiyin — bunga qisman yaqin o‘tmishdagi «birodar respublikalar» o‘rtasidagi tuganmas nizolar sabab bo‘ladi. A Seriya klubi esa birgina qaydnomada barcha olti davlat vakillarini birlashtira oldi.
Italiyada avval ham sobiq Yugoslaviya parchalarining barcha vakillarini o‘zidan o‘tkazgan jamoalar bo‘lgan. Masalan, boshqa bir mashhur qora-ko‘k klub — «Inter» besh yil avval «yugoslaviya kolleksiyasini yig‘ish» yutug‘iga erishgan edi. Biroq milanliklarda bu jarayon o‘ttiz yil davom etgan: 1992-yilda Darko Panchevning transferidan tortib, 2021-yilda Edin Jekoning kelishigacha. Bergamoda esa yangi chempionatning ilk turidayoq olti respublikadan besh nafar vakil maydonga tushdi. Faqat sloveniyalik Relyya Obrich zaxirada qoldi, ammo u ham o‘yin qaydnomasidan joy olgandi.