#Edin Jeko — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Edin Jeko Vensan Kompani haqida fikr bildirdi

Edin Jeko Vensan Kompani haqida fikr bildirdi

Edin Jeko sobiq jamoadoshi va «Byornli» bosh murabbiyi Vensan Kompani haqida iliq fikrlar bildirdi.

Edin Jeko Vensan Kompani haqida:

«Kompani erishgan yutuqlar shunchaki aqlbovar qilmas darajada. U har doim sardor va yetakchi bo'lgan, shuning uchun bularning hech biri meni ajablantirmaydi. Ilgari biz doimo avtobusning eng orqa qismida birga o'tirardik: Kompani, Joleon Leskott, Aleksandar Kolarov va men. Biz musiqa tinglab, vaqtni chog' o'tkazardik, Kompani esa shunchaki o'tirib, diqqat bilan noutbukiga tikilardi. «Nima bilan bandsan? U yerda doim nimani o'rganyapsan?» deb so'rardik undan. Keyin esa u «Byornli»ni murabbiy sifatida Premer-ligaga olib chiqqanida, unga shunday deb yozdim: «Brate (aka), endi hammasini tushundim...» U bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapman. Umid qilamanki, shanba kuni u ishlarga haddan tashqari jiddiy yondashmaydi»

O'ng ustun yangiliklari

Atalanta tarkibida sobiq Yugoslaviya davlatlarining barchasi jamlandi

Atalanta tarkibida sobiq Yugoslaviya davlatlarining barchasi jamlandi

Atalanta klubi o'z tarkibida sobiq Yugoslaviya tarkibiga kirgan barcha oltita davlat vakillarini jamladi.

Bergamoda Yugoslaviya «qayta birlashtirildi». Ko‘plab telegram-kanallar Yugoslaviya terma jamoasi hozir mavjud bo‘lganida qanday ko‘rinish olishini orzu qilsa, «Atalanta» buni amalda bajardi.

«Atalanta» tarkibida doim bolqonlik futbolchilar yetarli bo‘lgan, ammo bu yil «Leyptsig»dan Elif Elmasning kelishi bilan bergamoliklar to‘liq kolleksiyani jamlashdi. Bu hodisa shu qadar noyobki, hatto sobiq Yugoslaviya hududidagi klublarda ham bunday tarkibni uchratish qiyin — bunga qisman yaqin o‘tmishdagi «birodar respublikalar» o‘rtasidagi tuganmas nizolar sabab bo‘ladi. A Seriya klubi esa birgina qaydnomada barcha olti davlat vakillarini birlashtira oldi.

Italiyada avval ham sobiq Yugoslaviya parchalarining barcha vakillarini o‘zidan o‘tkazgan jamoalar bo‘lgan. Masalan, boshqa bir mashhur qora-ko‘k klub — «Inter» besh yil avval «yugoslaviya kolleksiyasini yig‘ish» yutug‘iga erishgan edi. Biroq milanliklarda bu jarayon o‘ttiz yil davom etgan: 1992-yilda Darko Panchevning transferidan tortib, 2021-yilda Edin Jekoning kelishigacha. Bergamoda esa yangi chempionatning ilk turidayoq olti respublikadan besh nafar vakil maydonga tushdi. Faqat sloveniyalik Relyya Obrich zaxirada qoldi, ammo u ham o‘yin qaydnomasidan joy olgandi.