Dion Belyo uchun kurash qizg'in pallada
«Lids» skautlari «Dinamo Zagreb» forvardi Dion Belyoni kuzatishdi. Futbolchi uchun APLning bir qator klublari ham kurash olib bormoqda.
TEAMtalk nashri jurnalisti Grem Beyli xabariga ko'ra, «Lids» skautlari «Sanderlend» va «Dinamo Zagreb» o'rtasidagi uchrashuvni kuzatib borishdi.
Kuzatuvning asosiy maqsadi Xorvatiya klubining 24 yoshli forvardi Dion Belyo bo'lgan. U joriy mavsumda «Dinamo» safida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Ushbu o'yinda «Lids» vakillaridan tashqari «Nyukasl» vakillari ham hozir bo'lishgan. Shuningdek, xorvatiyalik futbolchiga «Manchester Yunayted», «Tottenxem», «Brayton», «Brentford» va «Everton» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
«Sanderlend»ga qarshi bahsda Belyo gol urishga muvaffaq bo'ldi, «Dinamo» esa 2:0 hisobida g'alaba qozondi.