🎙️ | Oliver Glasner va uning matbuot anjumani [2-qism]:
Men aniq qarashga egaman. Men o'yinchilarga nima qilishni xohlashimizni va nima qilishimiz kerakligini aytaman. Agar o'yinchilar buni tushunib yetsa, biz o'zgarishimiz mumkin, aks holda (o'tgan mavsum boshidan beri) oltinchi murabbiy keladi.
Men o'zim qabul qilgan qarorlar uchun doimo javobgarman. Barcha qarorlar o'zimniki edi. Faqat bir kishi aybdor, u ham bo'lsa men.
Shuning uchun ham aytamanki, Oliver Glasner sifatida men xuddi shu ruhda davom eta olmayman va davom etmayman. Men o'zgarishlar qilaman. Men uchun bu aniq, chunki aks holda hammasi takrorlanadi.
Siz beshinchi murabbiyga avvalgilariga bergan savollaringizni beryapsiz. O'ylashimcha, o'yin yaxshilandi, lekin umuman olganda vaziyat o'sha-o'sha. Agar ishlar o'zgarmasa, siz oltinchi murabbiyga ham savollar berasiz.
Kelajagim uchun xavotirdamanmi? Vijdonim pok. Men uyga boraman va oilam bilan nonushta qilaman. Bu eng yomon vaziyat emas. Oliver Glasnerga achinishning keragi yo'q. Agar xohlasam, ikki haftadan so'ng boshqa joyda ish boshlashim mumkin edi. Men buni qilmayapman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!