Oliver Glasner: "Men bu yerga sevgi uchun kelmaganman"
Crystal Palace FC ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 29

Oliver Glasner: "Men bu yerga sevgi uchun kelmaganman"

🤔 Kim bizdan turnir jadvalida pastroq o'rinda joylashgan?

🎙️ | To'g'ri, bizning eski tanishimiz Oliver Glasner va «Sanderlend». Beshta o'yindan beri g'alaba qozona olmayotgan, shulardan to'rttasida mag'lubiyatga uchragan «o'rmonchilar»ning ustozi Olining jahli chiqdi [matbuot anjumanining 1-qismi]:

«Bizda yaxshi tarkib bor, ammo o'yinchilardan ko'proq narsa talab qilishimiz kerak. Men aynan shu narsada o'z mas'uliyatimni ko'ryapman. Shu paytgacha jamoaga ko'proq do'stona quchoq va qo'llab-quvvatlash kerak deb hisoblaganman. Ammo agar quchoqlashish ish bermasa, uning qarama-qarshi yondashuvi ham mavjud. Menga kimdir meni yaxshi ko'rishi shart emas. Men bu yerga sevgi uchun kelmaganman. Men bu yerga ushbu klubga muvaffaqiyat olib kelish uchun kelganman».
«Natija hafsalani pir qiluvchi va tushkunlikka soluvchi, biz darajamiz yetarli darajada emasligini tan olishimiz kerak. Oxirgi 5 ta o'yinning 4 tasida mag'lub bo'lsang – bu qabul qilib bo'lmas holat, shuning uchun vaziyatni o'zgartirish vaqti keldi. Men aynan shuni amalga oshiraman».
«O'zgarishlar qayerda kerak? Hamma joyda va men ba'zi narsalarni birinchi kundanoq ko'ra olgan bo'lishim mumkinligini his qilyapman. Endi esa, balki ba'zi masalalarda haddan tashqari ko'p yon bosganimni sezayapman».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!