Granit Jaka COVID-19 bo'yicha soxta ma'lumotnoma ishi yuzasidan bayonot berdi
Granit Jaka COVID-19 bo'yicha soxta ma'lumotnoma ishi yuzasidan aybini tan oldi va shartli jarimaga tortildi.
Granit Jakaning COVID-19 bo'yicha soxta ma'lumotnoma olishda ayblangani yuzasidan bayonoti:
Bir necha hafta oldin men shaxsan o'z qarorim uchun javobgarlikni o'z zimmamga olishimni aytgan edim. Men hamon shu pozitsiyada qolaman.
Prokuraturaga to'liq ko'rsatma berganimdan so'ng, qaror qabul qilindi.
Soddalashtirilgan tartibda meni haqiqiy bo'lmagan guvohnomani firibgarlik yo'li bilan olganlikda aybdor deb topishdi va ikki yillik sinov muddati bilan 50 kunlik stavka (har biri 3000 shveytsariya frankidan) miqdorida shartli jarimaga tortishdi.
Bu shuni anglatadiki: agar shu vaqt ichida yangi huquqbuzarlik sodir etmasam, hukm ijro etilmaydi. Sud xarajatlarini allaqachon to'lab bo'lganman.
Men bu qarorni qabul qilaman va javobgarlikni o'z zimmamga olaman.
So'nggi haftalarda menga yuborilgan ko'plab qo'llab-quvvatlash so'zlari uchun minnatdorman. Ular men uchun juda katta ahamiyatga ega.