Santi Kasorla Lamin Yamalning «Oltin to'p»ga loyiqligini ta'kidlab, «Barselona»ning mavsum boshidagi o'yiniga yuqori baho berdi.
💭 Santi Kasorla — «Oltin to'p» haqida:
«Men hech ikkilanmay uni Lamin Yamalga bergan bo'lardim. Birinchidan, u Ispaniya terma jamoasida o'ynaydi, ikkinchidan esa, mening nazarimda, u bu sovrinni qo'lga kiritish uchun yetarlicha ish qildi. Qarorni biz qabul qilmaymiz, lekin men u bunga loyiq deb hisoblayman».
«Barselona» haqida:
«Menga „Barselona“ o'yinlarini tomosha qilish yoqadi. Jamoa mavsum boshida ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda, tarkibida esa aqlbovar qilmas darajadagi yosh futbolchilar bor».
Mikel Arteta o'z faoliyatidagi eng yaxshi jamoadoshlari, murabbiylikka nomzod shogirdlari va faoliyatidagi eng g'ururli lahzalar haqida so'zlab berdi.
Mikel Arteta bilan qisqa blits-intervyu.
— Sen bilan birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi kim?
Ronaldinyo.
— Eng kamsitilgan jamoadoshing kim?
Kamsitilganmi? Kasorla! O'ylaymanki, Santi Kasorla umuman futbol tarixidagi eng yaxshilardan biri sifatida qaralishi kerak.
— Eng quvnoq jamoadoshing kim?
Tim Kexill.
— Hozirgi APL o'yinchilaridan kim senga ko'proq o'xshaydi?
Bizda faoliyatini yakunlagach, xuddi shu yo'ldan boradigan o'yinchilar bor. Men Mikel Merino haqida gapiryapman, bu aniq. U o'ynashni tugatgan kuniyoq, murabbiylik bilan shug'ullanadi.
Shuningdek, u Granit Jaka haqida ham xuddi shunday his qilganini qo'shimcha qildi:
Granit bizning o'yinchimiz bo'lganida, men buni allaqachon ko'rgan edim: u o'ynashni tugatishi bilan murabbiy bo'ladi.
— O'yinchi sifatidagi faoliyatingdagi eng g'ururli lahza?
PSJ safidagi professional darajadagi ilk o'yinim. Sen professional futbolga yetib kelganingni anglaysan. Men Parijda edim, Luis Fernandes murabbiy edi, atrofda aqlbovar qilmas jamoa bor edi. San-Sebastyanlik kichkina bola, ehtimol, bir kun kelib chet elda o'ynashini tasavvur ham qila olmasdi, u Parijga keldi va dunyoning eng yirik klublaridan birida debyut qildi.
— Murabbiy sifatidagi eng g'ururli lahzang-chi?
Premer-ligadagi g'alabadan keyingi chempionlik paradi kuni. Men ilgari hech qachon bunday narsani ko'rmaganman. Bu sehrli edi.
Arsenal futbolchisi o'zining barcha davrlardagi eng sevimli o'yinchilari haqida gapirib o'tdi.
— Sizning barcha davrlardagi eng sevimli «Arsenal» o'yinchingiz kim?
Albatta, Tyerri Anri. U eng yaxshisi. Ammo zamonaviyroq o'yinchilarni oladigan bo'lsak, menga Santi Kasorla juda yoqardi. U «Arsenal»da aqlbovar qilmas darajada o'ynagan. Va albatta, Aleksis Sanches.
Ular mening avlodimga yaqinroq, shuning uchun men ularning o'yinlarini tez-tez tomosha qila olardim. Anrini deyarli ko'rmaganman, lekin uning ko'plab vaziyatlarini YouTube'da tomosha qilganman.