Bobbi Vinsentning so'zlariga ko'ra, «Chelsi»da yangi daxlsiz o'yinchi paydo bo'ldi — bu Josh Achimpong.
Uni avval ham sotish niyatida bo'lishmagan, endi esa bu haqda gap ham bo'lishi mumkin emas. Bu holat shartnomani tez orada uzaytirishga ishora qilmoqda, chunki Joshning hozirgi kelishuvi 2029-yilga qadar amal qiladi.
Agar Achimpong «Sanderlend»ga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushib, to'liq o'yin o'tkazsa, u o'ninchi turning o'zidayoq o'tgan mavsumdagi APL o'yin vaqtidan o'zib ketadi (hozirda uning hisobida 581 daqiqa bor, o'tgan yili esa 663 daqiqa bo'lgan).
O'tgan yili ingliz futbolchisi APLda sakkiz marta asosiy tarkibda maydonga tushgan bo'lsa, bu mavsumda allaqachon olti marta boshlang'ich tarkibdan joy oldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!