Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Sunderland — yangiliklari Umumiy

Sunderland va bog'liq yangiliklar

Jordan Henderson o'zining 700-o'yinini o'tkazdi

Jordan Henderson o'zining 700-o'yinini o'tkazdi

Joradan Xenderson professional faoliyatidagi 700-o'yinini o'tkazdi. Qiziq tomoni, u debyutini ham, yubiley o'yinini ham "Chelsi"ga qarshi o'tkazgan.

Joradan Xenderson "Chelsi"ga qarshi bahsda o'zining professional klublar miqyosidagi 700-o'yinini o'tkazdi. Bu voqea uning debyutidan roppa-rosa 18 yil-u bir hafta o'tib sodir bo'ldi — eslatib o'tamiz, u o'z ilk o'yinini aynan "Sanderlend" safida "Chelsi"ga qarshi o'tkazgan edi.

Biz matritsada yashayapmiz. 🤯

Bradley Lowery xotirasiga nisbatan hurmatsizlik

Bradley Lowery xotirasiga nisbatan hurmatsizlik

Bredli Louri xotirasiga nisbatan hurmatsizlik ko'rsatgan "Koventri" muxlisining xatti-harakati uning onasi tomonidan keskin qoralandi.

Futbolda shunchaki o'rin yo'q narsalar bor. Va buning hech qanday oqlovi yo'q. Kecha "Koventri" muxlislaridan biri "Sanderlend" muxlislarini xafa qilish uchun Bredli Louri suratidan foydalandi, hatto ko'zlarimga ishonmadim. Buni navbatdagi sun'iy intellekt ishi deb o'yladim. Nahotki inson shunchalik pastkashlikka qodir bo'lsa? Ammo bugun ertalab videoni ko'rdim. Va, afsuski, bu haqiqat bo'lib chiqdi…

Bahslashish, bir-birini hazil bilan chimchilash, haqoratli qo'shiqlarni kuylash, g'alabalardan quvonish va mag'lubiyatlardan so'ng g'azablanish mumkin. Futbol hissiyotlari shunda. Ammo o'tib bo'lmaydigan chegaralar bor. Insoniy fojia esa shulardan biridir.

Quyida Bredlining onasi bayonoti keltirilgan, bu kadrlar unga ham yetib borgan.

"Mening go'zal o'g'lim nafrat bilan emas, balki mehr bilan eslanishga loyiq".
Kecha "Koventri" muxlislaridan biri "Sanderlend" muxlislarini haqorat qilish uchun Bredlining suratidan foydalandi.
Bredlining onasi sifatida buni juda og'ir qabul qilyapman. Ayniqsa, bu o'g'limning eng sevimli suratlaridan biri bo'lgani uchun. Bir qarang, qanday tabassum!
O'sha kunni xuddi kechagidek eslayman. U juda baxtli edi, unga juda qiziqarli edi. Bu lahzalar bebaho edi, chunki hayotimizda ular juda kam bo'lgan.
Bredli qisqa umrining katta qismini saraton bilan kurashda o'tkazdi hamda hech bir bola boshdan kechirmasligi kerak bo'lgan muolaja va jarayonlarni boshidan o'tkazdi.
Shunday go'zal xotirani shunchalik shafqatsiz tarzda ishlatilayotganini ko'rish, rostdan ham qalbimni parchalaydi.
Biz futbolni juda sevadigan va ham uyda, ham safarda "Sanderlend"ni qo'llab-quvvatlaydigan oilamiz. Futbol hazillari va pichinglariga qarshi emasman, lekin saraton sabab vafot etgan bolakay ustidan kulish ham futbol hazili hisoblanadimi?
Umid qilamanki, klub tegishli choralarni ko'radi va bu yosh muxlisning oilasi unga o'z qilmishi bilan qanchalik og'riq berganini tushunishiga yordam beradi.
Men unga nafrat to'lqini yog'ilishini istamayman. Iltimos, juda iltimos qilaman, buni qilish kerak emas. Men shunchaki u o'z xatosini anglab yetishini va undan saboq olishini istayman.
Bu surat ortida cheksiz sevilgan kichkina bola va uni har kuni sog'inadigan oila turibdi.
Bredlini himoya qilgan va oilamizni shunday mehr hamda qo'llab-quvvatlash bilan o'rab olgan barchaga rahmat. Biz uchun bu siz tasavvur qilganingizdan ham ko'proq narsani anglatadi.
Ko'pchilik Bredli hikoyasi uning hayoti to'xtagan kunda tugamaganini tushunmaydi.
Bredli tufayli bugun bolalar hayoti saqlab qolinmoqda, yuzlab oilalar hayotiy muhim yordam olmoqda, og'ir sinovlarni boshdan kechirayotgan bolalar esa umid topmoqda.
Super Brad’s Pad loyihasi tufayli oilalar hech bo'lmasa qisqa muddatga kasalxona devorlaridan chiqib, birga bo'lishlari, bir-birlari yonida qadrli vaqt o'tkazishlari hamda umrbod qoladigan xotiralar yaratishlari mumkin.
Mana Bredlining haqiqiy merosi. Mana mening kichkina o'g'lim bu dunyoga keltirishda davom etayotgan ezgulik.
Va hech qanday shafqatsizlik buni tortib ololmaydi.
Shuning uchun, bu surat odamlar xotirasida nafrat ramzi bo'lib qolishiga yo'l qo'yish o'rniga, uni butunlay boshqacha eslashlarini istayman.
Hayotidagi eng baxtli kunlardan biridan zavqlanayotgan, yuzida eng samimiy va keng tabassumi bo'lgan mening go'zal kichkina o'g'lim.
Butun dunyo uni aynan shunday eslab qolishini istayman".
Crystal Palace Liga Kubogi chorak finalida Sunderland bilan to'qnash keladi

Crystal Palace Liga Kubogi chorak finalida Sunderland bilan to'qnash keladi

Liga Kubogi chorak final qur'asi natijalariga ko'ra, «Kristal Pelas» «Sanderlend»ga qarshi maydonga tushadi.

«Kristal Pelas» Liga Kubogi chorak finalida «Sanderlend» bilan o'ynaydi. 🐈‍⬛

Ikkinchi suratda ushbu turnirning qolgan juftliklari ham taqdim etilgan. 👀

P.S. «Flitvud Taun»ga bizni ketma-ket uchinchi yil Liga Kubogi chorak finalida «Arsenal» bilan o'ynash imkoniyatidan mahrum qilgani uchun rahmat.

Erling Xoland so'nggi yetti o'yinda 10 ta gol urdi

Erling Xoland so'nggi yetti o'yinda 10 ta gol urdi

Erling Xoland "Man Siti" safidagi so'nggi yetti o'yinda 10 ta gol kiritdi. Norvegiyalik hujumchi ajoyib formada.

Erling Xoland so'nggi yetti uchrashuvda "Man Siti" safida 10 ta gol urishga erishdi:

⚽️ "Portu"
⚽️ "Manchester Yunayted"
⚽️ "Sanderlend"
⚽️ "Liverpul"
⚽️ "PSJ"
⚽️ "Ipsvich Taun"
⚽️ "Aston Villa"

Brayan Brobbi «Sanderlend» safida xet-trik qayd etgan dastlabki futbolchiga aylandi

Brayan Brobbi «Sanderlend» safida xet-trik qayd etgan dastlabki futbolchiga aylandi

Brayan Brobbi so'nggi 10 yil ichida APL doirasidagi o'yinda xet-trik qayd etgan ilk «Sanderlend» futbolchisi bo'ldi.

Brayan Brobbi so'nggi 10 yil ichida APL doirasidagi o'yinda xet-trik qayd etgan ilk «Sanderlend» futbolchisi bo'ldi.

Oxirgi marta bu natijani 2016-yilda Jermeyn Defo qayd etgandi.

Arsenal APLda eng yaxshi himoya ko'rsatkichiga ega

Arsenal APLda eng yaxshi himoya ko'rsatkichiga ega

Arsenal joriy mavsum APLda eng yaxshi himoya ko'rsatkichiga ega bo'lib turibdi. OptaJoe ma'lumotlariga ko'ra, jamoa atigi 2,7 xG'ga yo'l qo'ygan.

Arsenal joriy mavsum Premer-liganing to'rtta o'yinida o'z darvozasi tomon atigi 2,7 xG ko'rsatkichiga yo'l qo'ydi — bu liga jamoalari orasida eng yaxshi natija.

Shu bilan birga, ushbu 2,7 xG'ning deyarli uchdan bir qismi (0,8) o'tgan turda Sanderlend tomonidan tepilgan penaltiga to'g'ri keldi.

OptaJoe

Rojdestvo bayrami davridagi o'yinlar taqvimi e'lon qilindi

Rojdestvo bayrami davridagi o'yinlar taqvimi e'lon qilindi

Rojdestvo bayrami va Boxing Day davridagi o'yinlar taqvimi ma'lum bo'ldi. Jamoaning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvlari bilan tanishing.

📆 Rojdestvo bayrami davridagi o'yinlar taqvimi e'lon qilindi:

🏠 «Nottingem Forest» – 27 dekabr (uyda, 21:30 Toshkent vaqti bilan)

🏠 «Sanderlend» – 30 dekabr (00:30 Toshkent vaqti bilan)

🛫 «Brayton» – 2 yanvar (mehmonda, 17:30 Toshkent vaqti bilan)

🏠 «Nyukasl» – 7 yanvar (uyda, 01:00 Toshkent vaqti bilan)

Bu yil yana Boxing Day'da o'yin o'tkazilmaydi.

Bog'liq yangiliklar

Habib Diarra jarohati sabab maydonni tark etdi

Habib Diarra jarohati sabab maydonni tark etdi

«Strasbur»ning sobiq sardori Habib Diarra «Sanderlend»da jarohat sababli qiyin davrni o'tkazmoqda. Bosh murabbiy Rejis Le Bri uning tiklanishiga 6 hafta ketishini aytdi.

Habib Diarra bilan nimalar bo'lmoqda?

«Strasbur»ning sobiq sardori Habib Diarra hozirda «Sanderlend»da qiyin davrni boshdan kechirmoqda.

2025-yil yozida ingliz klubiga o'tganidan so'ng, senegallik futbolchi 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va jamoasiga Premer-ligada yettinchi o'rinni egallashga yordam berdi.

2026-yil yozida Diarra Senegal terma jamoasi safida jahon chempionatida ham ishtirok etib, ikkita gol kiritdi.

Biroq joriy mavsum u uchun qiyin kechmoqda: jarohatlar ketma-ketligi tufayli u bor-yo'g'i uchta o'yinda maydonga tusha oldi. Bosh murabbiy Rejis Le Bri so'zlariga ko'ra, tiklanish jarayoni taxminan olti hafta davom etadi.

«Strasbur»da Habibni hamon tinim bilmas yarim himoyachi va yosh sardor sifatida eslashadi.

22 yoshli senegallik futbolchining avvalgi darajasiga qaytishi uchun hali vaqti ko'p!

Brayan Brobbi noyabr oyidagi o'yinlar uchun Niderlandiya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin

Brayan Brobbi noyabr oyidagi o'yinlar uchun Niderlandiya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin

Brayan Brobbi jarohatiga qaramay, noyabr oyidagi Millatlar ligasi o'yinlari uchun Niderlandiya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin.

The Athletic xabariga ko'ra, klub Brayan Brobbini noyabr oyida bo'lib o'tadigan Millatlar ligasi o'yinlari uchun Niderlandiya terma jamoasi tarkibiga kiritish masalasini muhokama qiladi.

Brobbi oktyabr oyidagi xalqaro o'yinlarda o'z mamlakati sharafini himoya qilayotgan vaqtda son qismidan jarohat olgan edi. Shu sababli u «Sanderlend»ning to'rtta o'yinini o'tkazib yubordi va hali to'liq tiklanishga ulgurmagan.

Le Bri «Sanderlend» Niderlandiya terma jamoasidan Brobbini tarkibga kiritmaslikni talab qila olmasligini real baholamoqda, ammo o'yinchi yuklamalari borasida «fikr almashish muhim» ekanligini ta'kidladi.

Kris Rigg «Sanderlend» safida 100 ta o'yin o'tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi

Kris Rigg «Sanderlend» safida 100 ta o'yin o'tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi

Kris Rigg «Sanderlend» safida 100 ta o'yin o'tkazgan klub tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.

Kris Rigg bugun klub safidagi 100-uchrashuvini o'tkazdi va ushbu natijaga erishgan klub tarixidagi eng yosh o'yinchi bo'ldi.

Tarbiyalanuvchimizga o'z tabriklarimizni yo'llab qo'yamiz 🐈‍⬛

«Terrense»ga qarshi o'yinga hakamlar tayinlandi

«Terrense»ga qarshi o'yinga hakamlar tayinlandi

«Terrense»ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvda hakamlik vazifasini albaniyalik va italiyalik hakamlar brigadasi bajaradi.

«Terrense»ga qarshi o'yinga albaniyalik hakamlar brigadasi tayinlandi.

Bosh hakam — Enea Yorgi.

Yordamchi hakamlar — Denis Reja, Rediger Chokay.

VAR uchun mas'ul hakamlar esa italiyaliklar — Daniele Doveri va Albert Doda.

Granit Jaka COVID-19 bo'yicha soxta ma'lumotnoma ishi yuzasidan bayonot berdi

Granit Jaka COVID-19 bo'yicha soxta ma'lumotnoma ishi yuzasidan bayonot berdi

Granit Jaka COVID-19 bo'yicha soxta ma'lumotnoma ishi yuzasidan aybini tan oldi va shartli jarimaga tortildi.

Granit Jakaning COVID-19 bo'yicha soxta ma'lumotnoma olishda ayblangani yuzasidan bayonoti:

Bir necha hafta oldin men shaxsan o'z qarorim uchun javobgarlikni o'z zimmamga olishimni aytgan edim. Men hamon shu pozitsiyada qolaman.

Prokuraturaga to'liq ko'rsatma berganimdan so'ng, qaror qabul qilindi.

Soddalashtirilgan tartibda meni haqiqiy bo'lmagan guvohnomani firibgarlik yo'li bilan olganlikda aybdor deb topishdi va ikki yillik sinov muddati bilan 50 kunlik stavka (har biri 3000 shveytsariya frankidan) miqdorida shartli jarimaga tortishdi.

Bu shuni anglatadiki: agar shu vaqt ichida yangi huquqbuzarlik sodir etmasam, hukm ijro etilmaydi. Sud xarajatlarini allaqachon to'lab bo'lganman.

Men bu qarorni qabul qilaman va javobgarlikni o'z zimmamga olaman.

So'nggi haftalarda menga yuborilgan ko'plab qo'llab-quvvatlash so'zlari uchun minnatdorman. Ular men uchun juda katta ahamiyatga ega.

AZ Alkmaar va Hapoel Beer-Sheva o'rtasidagi o'yin muxlislarsiz o'tadi

AZ Alkmaar va Hapoel Beer-Sheva o'rtasidagi o'yin muxlislarsiz o'tadi

Yevropa ligasi doirasidagi AZ Alkmaar va Hapoel Beer-Sheva o'rtasidagi o'yin xavfsizlik sababli muxlislarsiz o'tadigan bo'ldi.

Hapoel Beer-Sheva muxlislariga 15-oktyabr kuni Alkmar shahrida bo'lib o'tadigan Yevropa ligasi doirasidagi AZga qarshi o'yinda ishtirok etish taqiqlanadi.

Ushbu qaror xavfsizlik nuqtai nazaridan Alkmar munitsipaliteti, politsiya va prokuratura tomonidan qabul qilindi. AZ klubi ushbu qarorni hurmat qilishini ma'lum qildi.

AZ uchun Isroil klubiga qarshi bahs turnirning umumiy bosqichidagi ikkinchi o'yin bo'ladi. Jamoa bundan avval Sanderlenddan 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. Alkmar jamoasi yevrokuboklardagi ilk ochkolarini qo'lga kiritishga harakat qiladi.

Jeremy Doku «Sanderlend»ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin

Jeremy Doku «Sanderlend»ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin

Jeremy Doku «Sanderlend»ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin. Enso Mareska futbolchining tiklanish jarayoni haqida ma'lumot berdi.

🚨 Jeremy Doku «katta ehtimol bilan» «Manchester Siti» safida «Sanderlend»ga qarshi bahsda maydonga tusha oladi.

Enso Mareska belgiyalik futbolchi bo'lajak uchrashuvga qadar tiklanib ulgurishi mumkinligini ma'lum qildi.

Deklan Rays «Arsenal» safida 150-marta asosiy tarkibda maydonga tushdi

Deklan Rays «Arsenal» safida 150-marta asosiy tarkibda maydonga tushdi

Deklan Rays «Arsenal» safida barcha musobaqalarda 150-marta asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Deklan Rays «Arsenal» safida barcha musobaqalarda 150-marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu voqea «Sanderlend»ga qarshi bahsda ro'y berdi.

U 2023-yilning avgust oyida «Arsenal» safida debyut qilganidan buyon, Angliya Premyer-ligasi klublari safidagi maydon o'yinchilari orasida faqat Virjil van Deyk barcha musobaqalarda undan ko'proq uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan.

«Sanderlend» — «Arsenal» uchrashuvini Jon Bruks boshqarib boradi

«Sanderlend» — «Arsenal» uchrashuvini Jon Bruks boshqarib boradi

«Sanderlend» va «Arsenal» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda Jon Bruks bosh hakam sifatida ishlaydi, VAR tizimida esa Styuart Ettuell faoliyat olib boradi.

🚨 Jon Bruks «Sanderlend» — «Arsenal» uchrashuvining bosh hakami etib tayinlandi.

Styuart Ettuell VAR tizimiga mas'ul bo'ladi.