Nosa Obaretin faoliyatini Fransiyada davom ettiradi
Nosa Obaretin «Napoli»dan «Loryan»ga o'tmoqda. Transfer tafsilotlari ma'lum bo'ldi.
🔥 Nosa Obaretin Fransiyaga ko'chib o'tmoqda.
Alfredo Pedulla xabariga ko'ra, juma kuni, 21-avgust kuni «Napoli» Fransiya Liga 1 vakili «Loryan» bilan markaziy himoyachining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
Transfer shartlariga ko'ra, futbolchi 350 ming yevro evaziga ijaraga olinadi. Shuningdek, «Loryan» 3,5 million yevro evaziga uni to'liq sotib olish huquqiga ega va kelgusi sotuvdan ma'lum bir foiz «Napoli»ga tegishli bo'ladi.
«Loryan» Obaretin uchun kurashda Avstriyaning «Shturm» klubini ortda qoldirdi. Alfredo Pedulla yozishicha, futbolchi ertaga Fransiyaga yo'l oladi.