Transfer bozori eksperti Alfredo Pedulla kecha kechqurun SportItalia efirida Gratsning Shturm klubi himoyachi Nosa Obaretin bilan qiziqayotganini ma'lum qildi.
Avstriyaliklar allaqachon futbolchi bilan bog'lanib, uning roziligini olishgan. Endi klublar o'zaro kelishib olishlari kerak.
Obaretin Napoli tomonidan transferga qo'yilgan futbolchi sifatida qaralayotgandi. Ammo Jenoa bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangani va markaziy himoyachilarning jarohatlari sababli unga yangi jamoa izlash to'xtatilgan edi. Biroq Badyashil kelganidan so'ng, bu jarayon qayta tiklandi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!