Tomas Frank Crystal Palace bilan muzokaralar olib bormoqda
Tomas Frank «Kristal Pelas» bilan muzokaralar olib bormoqda, biroq tomonlar maosh borasida kelishuvga erishishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Tomas Frank «Kristal Pelas» bilan shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda – va unga o‘z maoshi hamda bonuslarini kelishib olish oson kechmayapti. 🤷♂️
«Tottenxem Xotspur»ning sobiq murabbiyi yiliga bir necha millionga kamroq summani qabul qilishiga to‘g‘ri keladi, chunki «burgutlar»ning taklifi uning «shporlar» tarkibidagi maoshidan pastroq. ⏬
Daniyalik mutaxassis Per Saj ishdan bo‘shatilishidan avval ham klub murabbiylik kursisi uchun asosiy da’vogar bo‘lgan va u afzal ko‘rilayotgan variant bo‘lib qolmoqda. 📎
Ammo yaqin vaqt ichida «ko‘k-qizillar» boshqa nomzodlarga o‘tishi mumkin – shuningdek, Vitor Pereyra bilan ham dastlabki muzokaralar o‘tkazilgan. 🗣️
Alan Nikson xabariga ko‘ra.