Manchester United Entoni Robinson variantini ko'rib chiqmoqda
Manchester Yunayted Lyuis Xoll transferi amalga oshmasa, Entoni Robinson nomzodini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda talkSPORT xabar berdi.
talkSPORT xabariga ko'ra, agar Lyuis Xoll transferi bo'yicha Nyukasl bilan kelishuvga erishilmasa, Manchester Yunayted Entoni Robinsonni asosiy variant sifatida ko'rib chiqmoqda.
Nyukasl yozgi transfer oynasida o'zining yana bir asosiy o'yinchisini yo'qotishni istamayapti. Shu sababli, Robinson Manchester Yunayted uchun arzonroq variantga aylandi.