The Telegraph muxbiri Jeyms Daker xabariga ko'ra, Manchester United yarim himoya chizig'ini kuchaytirish uchun nomzodlarni sinchkovlik bilan o'rganmoqda.
Jamoa jismoniy tayyorgarlik, harakatchanlik va chidamlilik kabi sifatlarga ega o'yinchilarni qidirmoqda.
Hozircha klub bitta yarim himoyachi uchun 60-80 million funt sterling sarflashga tayyor emas, agar juda qulay variant chiqmasa, bu mablag' ajratilmaydi.
Chap qanot himoyachisi pozitsiyasi ham klub e'tiborida. Kerrik Dorguni chap qanot vingeri sifatida yuqoriroqda o'ynatishni ma'qul ko'rmoqda.
Xoll masalasida esa, Nyukasl uni sotishi uchun juda katta mablag' talab qilinadi, shuningdek, o'yinchining o'zi klubga bosim o'tkazishi kerak bo'ladi. Entoni Robinson esa arzonroqqa tushadi.
Shuningdek, Manchester United Jorjio Skalvini o'yinlarini kuzatmoqda va klubda uni yuqori baholashadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!