Tutto Sport xabariga ko'ra, «Brentford», «Bormut», «Nyukasl Yunayted» va «Yuventus» «Latsio»ning 24 yoshli yarim himoyachisi Kennet Teylorga qiziqish bildirmoqda.
«Yuventus» yanvar oyida niderlandiyalik futbolchi uchun 40 million yevro miqdorida taklif bilan chiqishni ko'rib chiqmoqda. U «Latsio» yarim himoyasida asosiy figuraga aylangan.
Angliya va Italiya klublari tomonidan qiziqish ortib borayotganiga qaramay, «Latsio» qishda o'z yetakchi o'yinchilarini sotishga unchalik moyil emas.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!