«Milan» allaqachon Luka Modrichning ehtimoliy vorisini izlamoqda!
Polsha manbasi xabariga ko'ra, «rossoneri» «Bornmut»ning 23 yoshli yarim himoyachisi Aleks Skottga qiziqib qolgan, u o'tgan mavsumni yorqin o'tkazib, Angliya terma jamoasiga chaqiruv olgan edi.
Skott maydon markazida ham, hujumga yaqinroq hududda ham o'ynay oladi. Uning kuchli tomonlari — texnika, dinamika va yuqori ishchanlik.
To'g'ri, hozirda angliyalik futbolchi son to'rt boshli mushagidagi jarohatdan tiklanmoqda va taxminan ikki oyga safdan chiqqan, shu jumladan 22-oktyabr kuni Yevropa ligasi doirasidagi «Milan»ga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuborishi mumkin.
Jiddiy to'siq ham bor: «Bornmut» o'yinchini 50 million yevrodan ortiqroqqa baholamoqda. Uni shuningdek «Arsenal» va «Chelsi» ham kuzatmoqda.
«Milan»ning kelajagi uchun bunday variant sizga qanday?