Komo Liam Delapni o'z safiga qo'shib olmoqchi
Komo Chelsi hujumchisi Liam Delapni ijaraga olish bo'yicha muzokaralarni boshladi. Tuttomercato xabariga ko'ra, futbolchi London klubini tark etishi mumkin.
🚨 Komo Liam Delapni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi.
Tuttomercato xabariga ko'ra, ikki kun avval Sesk Fabregasning yordamchisi Dani Guindos Diego Peres bilan birga Stamford Bridjga tashrif buyurib, Chelsi va Real Sosedad o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini kuzatishgan.
🔵 Liam Delap Xabi Alonso qarori bilan ushbu uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi. Tuttomercato buni ispaniyalik murabbiy hujum chizig'ida boshqa o'yinchilarga ishonch bildirayotganining muhim belgisi deb hisoblamoqda.
⚪️ Manba ma'lumotiga ko'ra, Komo va Chelsi o'rtasida Delap bo'yicha muzokaralar allaqachon boshlangan va ijaraga olish varianti muhokama qilinmoqda. Angliyalik hujumchining o'zi ham London klubidagi asosiy tarafdorini yo'qotganidan so'ng, yangi imkoniyat izlamoqda.