#Villi Kambvala — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Valensiya yangi markaziy himoyachi izlamoqda

Valensiya yangi markaziy himoyachi izlamoqda

Valensiya o'ng markaziy himoyachi izlamoqda. Nomzodlar orasida Villi Kambvala va Diyego Kastrin bor.

🚨 Valensiya o'ng markaziy himoyachi pozitsiyasini kuchaytirishni maqsad qilgan. Klub ro'yxatida Ispaniyadan tashqarida to'p surayotgan futbolchi ham bor. Ushbu transfer Arnau Martines bilan bog'liq kelishuvga bog'liq emas.

Bosh murabbiy Karlos Korberan Villi Kambvala (Vilyarreal) nomzodini ma'qul ko'rmoqda, biroq futbolchi bo'yicha Italiyaning Komo klubi ancha ilgarilab ketgan.

🧱 Texnik kotibiyat esa Diyego Kastrin (Sevilya) kabi profilga ega himoyachilarni ko'rib chiqmoqda.

✈️ Arno Danjuma va Andre Almeydaning ehtimoliy transferlari klubning moliyaviy strategiyasiga va tarkibni kuchaytirish rejalariga ta'sir qilishi mumkin.

Villi Kambvala uchun kurash: «Komo» «Vilyarreal»ni ortda qoldirishi mumkin

Villi Kambvala uchun kurash: «Komo» «Vilyarreal»ni ortda qoldirishi mumkin

Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Komo» Villi Kambvala transferi uchun kurashga qo'shildi va «Vilyarreal»ni ortda qoldirishi mumkin.

Matteo Moretto xabariga ko'ra:

«Komo» Villi Kambvala uchun kurashga qo'shildi. «Vilyarreal» himoyachi borasida «Osasuna» bilan og'zaki kelishuvga erishgan bo'lsa-da, hozirda «Komo» uni qo'lga kiritishga yaqinroq turibdi.

«Manchester Yunayted» Kambvala sotuvidan tushadigan mablag'ning ma'lum bir qismini olish huquqiga ega.

O'ng ustun yangiliklari

Villi Kambvala DR Kongo terma jamoasini tanladi

Villi Kambvala DR Kongo terma jamoasini tanladi

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Villi Kambvala terma jamoa masalasida yakuniy qarorga keldi.

🔙 Villi Kambvala DR Kongo terma jamoasini tanladi

Ilgari himoyachi Fransiya U-16 o'smirlar terma jamoasi sardori bo'lgan.

Endi Kambvala DR Kongo sharafini himoya qilayotgan sobiq «Manchester Yunayted» himoyachilari Van-Bissaka va Tuanzebega sherik bo'ladi.