#Karlos Korberan — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Andoni Gorosabel "Valensiya" nishonida

Andoni Gorosabel "Valensiya" nishonida

Herman Munyos xabariga ko'ra, "Valensiya" o'ng qanot himoyachisi Andoni Gorosabelni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

🚨 Herman Munyos xabariga ko'ra, "Valensiya" o'ng qanot himoyachisi Andoni Gorosabelni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

O'yinchi va klub qiziqishi haqida ma'lumotlar:

Profil: Kuchli va tajribali himoyachi. U 29 yoshda — aynan shunday tajribali o'yinchi Karlos Korberanga kerak.

La Liga tajribasi: "Real Sosedad", "Deportivo Alaves" va "Atletik Bilbao" safidagi o'yinlari orqali Ispaniya chempionatini juda yaxshi biladi.

Muhim jihat: Andoni Luis Rioxa bilan birga o'ynagan va ular maydonda bir-birini juda yaxshi tushunishadi.

O'ng ustun yangiliklari

Valensiya yangi markaziy himoyachi izlamoqda

Valensiya yangi markaziy himoyachi izlamoqda

Valensiya o'ng markaziy himoyachi izlamoqda. Nomzodlar orasida Villi Kambvala va Diyego Kastrin bor.

🚨 Valensiya o'ng markaziy himoyachi pozitsiyasini kuchaytirishni maqsad qilgan. Klub ro'yxatida Ispaniyadan tashqarida to'p surayotgan futbolchi ham bor. Ushbu transfer Arnau Martines bilan bog'liq kelishuvga bog'liq emas.

Bosh murabbiy Karlos Korberan Villi Kambvala (Vilyarreal) nomzodini ma'qul ko'rmoqda, biroq futbolchi bo'yicha Italiyaning Komo klubi ancha ilgarilab ketgan.

🧱 Texnik kotibiyat esa Diyego Kastrin (Sevilya) kabi profilga ega himoyachilarni ko'rib chiqmoqda.

✈️ Arno Danjuma va Andre Almeydaning ehtimoliy transferlari klubning moliyaviy strategiyasiga va tarkibni kuchaytirish rejalariga ta'sir qilishi mumkin.

Dani Raba Karlos Korberan rejalariga kirmaydi

Dani Raba Karlos Korberan rejalariga kirmaydi

Dani Raba Karlos Korberanning rejalariga kirmaydi. Futbolchining kelajagi qanday bo'lishi noma'lum.

🚨 Dani Raba Karlos Korberan rejalariga kirmaydi.

Jurnalist Xerman Munyos Nacho Sanchisga tayanib vaziyat haqida xabar berdi:

Murabbiy qarori: Mavsumoldi tayyorgarlik yakunlariga ko'ra, Karlos Korberanning qarashi o'zgarmadi — Dani Raba bosh murabbiy rejalariga kirmaydi va futbolchining o'zi ham bu haqda xabardor.
Shartnoma va maosh: 29 yoshli futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2027-yilga qadar mo'ljallangan, uning yillik maoshi esa 1,2 million yevroni tashkil etadi.
Futbolchi qarori: Rabaning kelajagi faqat uning o'ziga bog'liq. U o'ziga ishonch bildiradigan boshqa klubga o'tishi yoki jamoada qolib, faqat boshqa futbolchilar yo'qligida maydonga tushishi mumkin.
Santyago Kanisares «Mestalya»dagi vaziyatdan norozi

Santyago Kanisares «Mestalya»dagi vaziyatdan norozi

Santyago Kanisares «Mestalya» stadionidagi muxlislarning xatti-harakatlari va klubdagi vaziyatdan noroziligini bildirdi.

COPE efirida Santyago Kanisares «Mestalya» stadionidagi holat haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

«Menga «Mestalya» stadionida muxlislar o'yinchilarni va Karlos Korberanni hushtakbozlik bilan qarshi olgani mutlaqo nomaqbuldek tuyuldi, holbuki Piter Limning o'g'li ularning noroziligiga asosiy nishon bo'lmadi. «Mestalya»ning qanday ko'rinish olgani va shanba kuni u yerda ko'rganlarim men uchun katta hafsalasizlik bo'ldi».