Valensiya Aymar Blaskes bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Valensiya o'z tarbiyalanuvchisi Aymar Blaskes bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshladi.
🚨 "Valensiya" yosh iqtidor egasi Aymar Blaskes bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda.
TribunaVCF xabariga ko'ra, klub futbolchi bilan yangi kelishuvga erishmoqchi:
Klub yanvar yoki fevral oylarigacha shartnomani avtomatik tarzda yana 2 yilga uzaytirish va o'yinchini asosiy jamoa maoshiga o'tkazish imkoniyatiga ega ✅
Muzokaralar: Rahbariyat masalani zudlik bilan hal qilib, yangilangan shartlar taklif qilmoqchi. Futbolchi ham bunga rozi. Tomonlar allaqachon muloqotni boshlashgan 🔁