🚨 Ispaniya futbolida shov-shuvli xabar!
💰 Piter Lim «Valensiya» aksiyalarining 42 foizini Pitchwise investitsiya guruhiga sotmoqda!
📊 Bir qator OAV ma'lumotlariga ko'ra, investorlar 100 million yevro sarmoya kiritib, klubdagi 42 foizlik ulushga ega bo'lishadi.
🦇 Bu «Valensiya» uchun nimani anglatadi? Yangi investitsiyalar klubning moliyaviy rivojlanishi va kelajagi uchun muhim qadam bo'lishi mumkin. Matbuot xabarlariga ko'ra, bu tashabbus klubning amaldagi prezidenti Kiat Lim tomonidan ilgari surilgan.
Kichik aniqlik: Pitchwise Holdings hozircha 42 foiz aksiyaga egalik qilmayapti. Ularning ulushi hozircha kamroq, ammo kelajakda bu ko'rsatkich 42 foizga yetadi. Klub ustidan nazorat va eng yirik aksiyador maqomi baribir Meriton Holdings qo'lida qoladi.
❓ Ushbu bitim «ko'rshapalaklar» uchun yangi davrning boshlanishi bo'ladimi?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!