🎙 Karlos Korberanning «Betis»ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanidan asosiy fikrlar:
Taqvim va o'yinlarning ko'chirilishi haqida:
«Valensiya» uchun vaziyat tushunarsiz, ammo gap «Betis»da emas. Ular shunchaki qoidadan foydalanishdi. Biz ligada noqulay sharoitda o'ynaydigan yagona jamoamiz. Buni tushunishim qiyin.
De Xaasning jarohati haqida:
Ayni damda u tibbiy ko'rikdan o'tmoqda. Bu oddiy cho'zilish emasga o'xshaydi. Unga MRT qilinmoqda, shundan so'ng jarohat ko'lamini aniq bilib olamiz.
Riohaning holati haqida:
Rioxa umumiy guruhda shug'ullandi va o'yinda ishtirok eta oladi. U bugungi qisqa mashg'ulotda to'liq ishladi.
Darvozabonlar va raqobat haqida:
Har qanday pozitsiyada raqobat zarur. O'tgan mavsumda ikki tayyor darvozabon bo'lmaganida bunchalik ko'p ochko to'play olmasdik. Asosiy tarkibga tayyor ikki o'yinchi kerak. Raul va Visentga o'yin amaliyoti zarur. Segundadan to'g'ridan-to'g'ri Primeraga o'tish juda katta qadam, shu bois Visent yuqoriroq divizionda, Raul esa o'rinbosarlar jamoasida o'ynaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!