Dortmundga o'ng qanot himoyachisi kerakmi?
Dortmundning "Borussiya" klubi o'ng qanot himoyasida muammolarga duch kelmoqda. Yulian Ryerson uchun o'rinbosar topish masalasi dolzarb bo'lib turibdi.
🗿 Yulian Ryerson har bir o'yinda uchta frontda to'liq harakat qilishiga to'g'ri keladi.
🙏 Hazil bir chetda tursin, klub rahbariyati Yulian uchun o'rinbosar sifatida biror tezkor futbolchini (Kouto kabi) sotib olishiga umid qilaman. Braziliyalik futbolchi ketganidan so'ng, o'ng qanotda faqat Ryerson qoldi. Biroq, OAVda ushbu pozitsiya uchun potentsial yangi nomzodlar haqida hech qanday xabar yo'q.