Alvaro Morata: Men «Atletiko Madrid» muxlisiman
Alvaro Morata o'zining qaysi jamoaga muxlislik qilishini yana bir bor tasdiqladi.
«Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?»
Alvaro Morata:
Men «Atletiko Madrid»ga muxlislik qilaman. Buni ko'p marta aytganman. Mayli, bu narsa abadiy aniq bo'lib qolsin, xo'pmi?
Men Madridning «Real» klubiga menga bergan imkoniyati uchun, shuningdek, o'zim o'ynagan barcha jamoalarga minnatdorchilik bildiraman. Hammasi ajoyib bo'lgan.
Ammo yakshanba kuni «Atletiko» o'yinini ko'rish imkoniyatim bo'lsa, men «Atletiko»ni tomosha qilishga boraman.