Maurisio Pochettino Manchester United jamoasi bilan uchrashuv tashkil qilmoqchi
Migel Deleyni xabariga ko'ra, Maurisio Pochettino Liverpul bilan o'yin oldidan Manchester Yunayted jamoasi uchun tushlik tashkil etmoqchi.
🗣️ Migel Deleyni:
«Maurisio Pochettino yakshanba kungi Liverpul bilan o'yin oldidan Manchester Yunaytedning barcha futbolchilari va jamoa xodimlarini restoranga taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Argentinalik mutaxassis hisobni o'zi to'lashi kutilmoqda. Shu yo'l bilan u jamoaviy ruhni mustahkamlash va kollektivni jipslashtirishni maqsad qilgan».