«Barselona» sport direktori Deku Ronald Arauxo va uning «Liverpul»dagi muvaffaqiyatlari haqida gapirdi:
«Men u uchun xursandman. Biz «Barselona» manfaati yo'lida ishlayapmiz va klub uchun eng yaxshisini — g'alaba qozonish, imkon qadar kuchli tarkib qurishni istaymiz. Ammo biz ham insonmiz va insoniy munosabatlar bilan ishlash vazifamizning katta qismi hisoblanadi.
Ronald so'nggi yillarda klub sardorlaridan biri bo'lgan. Uning boshidan qiyin damlar o'tgan, lekin u jamoa yetakchilaridan biri sifatida bizga katta quvonchli lahzalarni ham taqdim etgan.
Futbolga qaytganidan so'ng unga oson bo'lmadi, u yozda «Liverpul»ga o'tishga qaror qildi va biz bunga hurmat bilan qaraymiz. Eng muhimi — Ronaldning tiklanganini, yana baxtli ekanini va futboldan zavq olayotganini ko'rish.
Agar u qolishga qaror qilsa, «Liverpul»da uni sotib olish opsiyasi mavjud. Albatta, ular futbolchining o'zi bilan kelishib olishlari kerak, lekin biz bu transfer amalga oshsa, ikki sababga ko'ra xursand bo'lardik. Birinchisi — barchasi tomonlar istagandek yakunlangani va Ronald baxtli bo'lib, faoliyatini yelkasidagi yuklarsiz davom ettira olishi. Biz o'yinchilarimizning ishlari yaxshi bo'lishini istaymiz. Ikkinchisi — pul bizga xalal bermaydi.
Sotib olish opsiyasining o'z muddati bor. Ammo biz muzokaralarga ochiqmiz, futbolda har doim kelishuv uchun joy topiladi. Biz barcha uchun eng maqbul bitimni topishga harakat qilamiz, bu vaqti kelganda qanday vaziyat bo'lishiga bog'liq».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!