Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Liverpool — yangiliklari Umumiy

Liverpool va bog'liq yangiliklar

Jeremi Frimpong FIFPRO Merit mukofotiga nomzod bo'ldi

Jeremi Frimpong FIFPRO Merit mukofotiga nomzod bo'ldi

Jeremi Frimpong yoshlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbusi uchun FIFPRO Merit mukofotiga nomzodlar qatoriga kirdi.

Jeremi Frimpong FIFPRO Merit mukofotiga nomzod bo'ldi.

U 2026-yilgi Player Voice Award yo'nalishidagi qisqa ro'yxatdan joy oldi. Bu e'tirofga u yoshlarga futbol tashqarisida rivojlanish imkoniyatlarini topishga yordam beruvchi tashabbusi orqali erishdi.

Dastur allaqachon to'rtta mamlakatda 800 dan ortiq yoshni qamrab olgan bo'lib, ularga kasb tanlash va ruhiy salomatlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yordam ko'rsatib kelmoqda.

G'olib nomi 19-noyabr kuni e'lon qilinadi.

Dirk Kuyt Fenerbahche'dan iste'foga chiqarildi

Dirk Kuyt Fenerbahche'dan iste'foga chiqarildi

Dirk Kuyt «Fenerbahche»da atigi bitta o'yin o'tkazib, «Liverpul»ni mag'lub etgach, iste'foga chiqarildi. Emre Belozog'lu uni o'z shtabida ko'rishni istamagan.

Dirk Kuyt «Fenerbahche»da bor-yo'g'i bitta o'yin o'tkazdi, unda «Liverpul»ni mag'lub etdi va klubdan haydaldi – yangi bosh murabbiy Emre Belozog'lu go'yoki Dirk uning shtabida bo'lmasligini talab qilgan.

«Fener» muxlislari bundan norozi va Belozog'lu Kuytda tahdid ko'rgan (agar hamma narsa darhol silliq ketmasa) va uni shu yo'l bilan yo'q qilishga qaror qilgan deb hisoblashmoqda. Qiziqarli santa-barbara.

APL komissiyasi: «Liverpul» foydasiga penalti belgilanishi kerak edi

APL komissiyasi: «Liverpul» foydasiga penalti belgilanishi kerak edi

APLning asosiy voqealar bo'yicha komissiyasi «Liverpul» va «Arsenal» o'rtasidagi bahsda penalti belgilanmaganini xato deb topdi.

APLning asosiy voqealar bo'yicha komissiyasi «Liverpul» va «Arsenal» o'rtasidagi bahsda Timber hamda Isak ishtirokidagi vaziyatda «Liverpul» foydasiga penalti belgilanishi kerak degan xulosaga keldi.

Besh kishidan iborat komissiya hakamning qarori xato bo'lgani bo'yicha 4:1 hisobida, VAR esa bu vaziyatga aralashishi kerakligi bo'yicha 3:2 hisobida ovoz berdi.

Bog'liq yangiliklar

Trey Nyoni «Liverpool» markaziy yarim himoyasining kelajagi bo'lishi mumkin

Trey Nyoni «Liverpool» markaziy yarim himoyasining kelajagi bo'lishi mumkin

Trey Nyoni «Liverpool» markaziy yarim himoyasining kelajagi bo'lishi mumkin. Yosh futbolchining o'yiniga berilgan tahliliy qarash.

Iraola futboli uchun eng yaxshi markaziy yarim himoyachi 2023-yilda «Liverpool»ga o'tgan edi.

Kim haqida o'yladingiz? Makka? Yoki Soboslay?

Trey Nyoni o'yinini joriy mavsumning o'tgan qismida kuzatib, aynan Trey, agar hozirgi struktura va rollar taqsimoti saqlanib qolsa, markazning asosiy o'yinchisiga aylanishi haqida fikrga keldim.

Albatta, bu ma'lum ma'noda yosh o'yinchiga berilgan avans, lekin buning uchun yetarli asoslar bor va ular juda salmoqli.

Nyoni jamoaga nimalar bera olishi haqida yangi materialda batafsil yozdim. ❤️

KMI Panel: «Arsenal» foydasiga penalti belgilanmagani xato bo'lgan

KMI Panel: «Arsenal» foydasiga penalti belgilanmagani xato bo'lgan

APL mustaqil hakamlik komissiyasi «Arsenal» va «Brayton» o'rtasidagi bahsda Kay Havertsga nisbatan penalti belgilanmaganini xato deb tan oldi.

🚨 RASMAN: «ARSENAL» TOZA PENALTIDAN MAHRUM ETILDI!

APL mustaqil hakamlik komissiyasi (KMI Panel) «Arsenal» hamda «Brayton» o'rtasidagi bahsning 42-daqiqasida Kay Havertsga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun penalti belgilanmaganini bir ovozdan xato deb tan oldi. Komissiyaning barcha besh a'zosi bosh hakam qaroriga va VAR aralashuvidan keyingi yakuniy xulosaga qarshi ovoz berdi. Haverts ofsayd holatida bo'lishiga qaramay, Nobe'l Mendi tomonidan sodir etilgan qoida buzilishi nemis futbolchisi o'yinga faol qo'shilishidan oldin yuz bergan.

IFAB qoidalariga ko'ra, bunday vaziyatda ofsayd emas, balki qoida buzilishi qayd etilishi kerak edi. Komissiya VAR aralashuvini asosli deb topdi, biroq takroriy lavhani ko'rgandan keyin hakam qabul qilgan yakuniy qarorni xato deb baholadi.

Hukm aniq: «Arsenal» penalti tepishi kerak edi.

«Liverpul» muxlislari, bu borada fikringiz qanday?