Marko Rossi Soboslai haqida: «U bilan hech qanday muammo yo'q»
Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Rossi Dominik Soboslaining Gruziyaga qarshi o'yini va uning jismoniy holati haqida fikr bildirdi.
Vengriya terma jamoasi bosh murabbiyi Marko Rossi Soboslai haqida shunday dedi:
Siz unda Gruziya bilan o'yinda qandaydir muammolarni payqadingizmi? Men – yo'q. U har doimgidek o'ynadi, shuning uchun biz uchun hech qanday muammo yo'q. Shifokorlar u bilan hammasi joyidaligini va o'ynashga tayyorligini aytishmoqda.
Bunday vaziyatlar Dominikga hech qanday ta'sir qilmaydi – o'ylaymanki, bu uning o'yinida yaqqol ko'rinib turibdi. Gruziyaga qarshi o'yindagi chiqishiga nisbatan bizda qandaydir e'tirozlar bor deb hisoblamayman.