Vengriya futbol federatsiyasi Dominik Soboslaining jarohati bo'yicha bayonot berdi:
Murabbiylar shtabi Dominik Soboslai terma jamoada bo'lgan vaqtidayoq unda charchoq va ortiqcha yuklama belgilarini sezishgan, bu haqda "Liverpul" bosh murabbiyi ham aytib o'tgandi. Aynan shu sababli Marko Rossi Dominik Soboslaini Gruziyaga qarshi o'yinda almashtirdi.
Katta yuklamaga qaramay, jamoa sardori klubiga jarohatsiz qaytdi. Aytish joizki, Andoni Iraola o'z bayonotida buning aksini da'vo qilmagan.
Federatsiya bayonotini keltirgan Blikk nashri Dominik Soboslaining jarohati bo'yicha o'z fikrini bildirish uchun sport shifokori Dyordy Bakanekga murojaat qildi:
Ehtimol, Dominik og'riq sezgan, shu bois u hozir bir-ikki o'yinni o'tkazib yuboradi. Shu tariqa ular son mushaklarining uzilishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qilishmoqda, aks holda u olti oyga safdan chiqishi mumkin edi. Bu vaziyatga ehtiyotkorlik bilan yondashilayotganini ko'rsatadi.
Bunday zo'riqishni massaj va turli tiklanish muolajalari bilan davolash mumkin. Katta ehtimol bilan, tiklanish jarayoni yetti-o'n kun davom etadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!