Robertson va Saloh terma jamoalaridagi rekordlarni yangilashdi
Endi Robertson Shotlandiya terma jamoasi safidagi o'yinlari soni bo'yicha rekord o'rnatish arafasida, Saloh esa Misr tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.
Endi Robertson Shotlandiya terma jamoasi safidagi o'yinlari soni bo'yicha klubimiz afsonasi Qirol Kenni bilan tenglashib oldi! Bir necha kundan so'ng u o'z mamlakatining mutlaq rekordchisiga aylanishi mumkin.
Saloh Misr terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi! Kimdir uchun u buni aynan hozir amalga oshirgani ajablanarli tuyulishi mumkin, ammo Xassanning avvalgi rekordi (69 ta gol) uzoq vaqt davomida abadiy deb hisoblanib kelgan. Endi esa Mo terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to'purarlar kuchli 25 taligidan joy oldi!