Endryu Robertson Trent Aleksandr-Arnold haqida fikr bildirdi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 18

Endryu Robertson Trent Aleksandr-Arnold haqida fikr bildirdi

Endryu Robertson (Tottenxem himoyachisi): "Trentga bo'lgan tanqidlar? Angliyalik bo'lish bir narsa, boshqa millat vakili bo'lish esa butunlay boshqa narsa. Men har doim Trentga aytganman: "Meni hech qachon seni maqtashganidek tez-tez maqtashmaydi. Lekin meni ham seni tanqid qilishganidek qattiq tanqid qilishmaydi".

O'zining eng yaxshi o'yinlarida Trent 1 ga 1 vaziyatlarda juda yaxshi harakat qilgan. Men uning Mbappe PSJ safida o'ynagan vaqtlarida uni qanday to'xtatganini ko'rganman, shuningdek, u Chempionlar ligasi finallarida ham ajoyib o'yin ko'rsatgan.

Trent - juda yaxshi himoyachi. Ammo yoshligidan uning atrofida u himoyalanishni bilmaydi degan stereotip shakllanib qolgan. Va u bundan qutulib keta olmayapti.

Liverpulda biz turlicha himoyalanardik: agar men xato qilsam, Mane doimo menga yordam berardi, Saloh esa oldinda qolib, Trentga himoyada yordam bermasligi kerak edi. Ba'zida Trent Xendersondan yordam kutishiga to'g'ri kelardi - va aynan o'sha vaziyatlarda unga rahmim kelardi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!