Luca Williams-Barnett «Tottenxem» safida Premer-ligada gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Bu borada u 2007-yilning sentyabrida «Fulxem» darvozasini ishg'ol qilgan Garet Beyldan keyingi eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etdi.
Luca Williams-Barnett 18 yoshu 51 kunligida Premer-liga tarixida bitta o'yinda ham gol urib, ham golli uzatmani amalga oshirgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi.
Ushbu ro'yxatda uni faqat Maykl Ouen ortda qoldiradi — u 1997-yilda «Liverpul» safida 17 yoshu 364 kunligida shunday natija qayd etgan edi.
Shuningdek, LUB «Tottenxem» tarixida Premer-ligada gol urgan eng yosh uchinchi futbolchi hisoblanadi (18 yoshu 51 kun).
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!