Yozda «Liverpul»ga o'tishiga bir bahya qolgan Ismaila Sarr ayni damda «Kristal Pelas» bilan shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda.
Sarr yozdagi ehtimoliy transferi haqida ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
«Liverpul» – jahon futbolidagi eng yirik klublardan biri va bunday klub senga qiziqish bildirsa, albatta, buni jiddiy qabul qilasan.
O'ylaymanki, hech bir futbolchi bunday imkoniyatga befarq qolmagan bo'lardi. Bu qiziqarli variant edi va tabiiyki, bunday o'tish faoliyatim uchun nimani anglatishi mumkinligi haqida o'ylaganman.
Ammo bugun bu tarix allaqachon ortda qoldi. Men «Kristal Pelas» futbolchisiman, birgalikda erishgan yutuqlarimizdan faxrlanaman va hozirda maydonga qaytib, jamoamga yordam berishga e'tibor qaratganman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!