Maurisio Pochettino «Manchester United» bosh murabbiyi sifatidagi ilk matbuot anjumanini o'tkazdi:
- Kech qolganim uchun uzr, endigina mashg'ulotdan chiqdim. Hatto dush ham qabul qilmadim. Mening asosiy vazifam? Yaxshilab uxlab olish, lekin buning iloji bo'lmayapti! Sutkasiga atigi uch-to'rt soat uxlayapman.
Mening shtabim bu yerga o'z g'oyalari va falsafamizga tayangan holda noldan nimadir yaratish uchun keldi. Futbolchilar biz o'sishimiz shart degan g'oyani singdirishlari kerak – bu bizning ishimiz.
Brunu Fernandesh – bizning sardorimiz, eng muhim futbolchi! Ammo har bir futbolchi o'zining qanchalik muhimligini his qilishi kerak.
So'nggi ikki kun ichida yig'ilishlarda va mashg'ulotlarda futbolchilar bizni juda yaxshi qabul qilishdi. Bugun yakunda gaplashib oldik, chunki mashg'ulot odatdagidan biroz uzunroq bo'ldi – o'yinga ikki kun qolganda nostandart davomiylik. Ularga ko'rsatgan sa'y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdim.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!