Aleksis Mak Allister o'zining ayni damdagi sport formasi haqida
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 19

Aleksis Mak Allister o'zining ayni damdagi sport formasi haqida

Aleksis Mak Allister kechagi o'yindan so'ng o'zining yaxshilangan sport formasi kelajagi borasidagi noaniqliklar bilan bog'liq emasligini ta'kidladi:

«Agar rostini aytsam, men buni bunday qabul qilmayapman. Men har doim bor kuchimni berganman, ko'p mehnat qilganman va har bir o'yinga imkon qadar yaxshiroq o'ynash istagi bilan yondashganman.

Ehtimol, hozir bu ko'proq sezilayotgandir, chunki men gol ura boshladim va jamoa hozirgi vaziyatda bo'lgani uchun ham shundaydir, ammo men har doim o'sha-o'sha inson va o'sha-o'sha o'yinchi bo'lib qolganimni aytib kelganman.

Bu o'zgarmaydi. Eng muhimi – men yaxshi o'ynayapman, o'zimni yaxshi his qilyapman va shu ruhda davom etishimga umid qilaman».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!