Ao Tanaka shartnomasini uzaytirishi mumkin
Лидс Карахо ↗ ●●●●○ Transfer 👁 15

Ao Tanaka shartnomasini uzaytirishi mumkin

«Lids» Ao Tanaka bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlashga tayyorgarlik ko'rmoqda, deb xabar beradi TEAMtalk.

Yaponiyalik yarim himoyachi yaqin vaqt ichida Farke jamoasining muhim qismiga aylandi. Shu sababli «oqlar» bosh murabbiyi futbolchining 18 oydan so'ng yakuniga yetadigan amaldagi shartnomasini uzaytirishni talab qilmoqda.

Muzokaralar uchun asosiy sabablardan biri — boshqa klublarning qiziqishi. Tanaka «Chelsi», «Liverpul», «Man Yunayted» va «Tottenxem» e'tiborini tortdi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!