#Ao Tanaka — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Ao Tanaka shartnomasini uzaytirishi mumkin

Ao Tanaka shartnomasini uzaytirishi mumkin

«Lids» Ao Tanaka bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlamoqchi. Futbolchiga APLning bir qator top-klublari qiziqish bildirmoqda.

«Lids» Ao Tanaka bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshlashga tayyorgarlik ko'rmoqda, deb xabar beradi TEAMtalk.

Yaponiyalik yarim himoyachi yaqin vaqt ichida Farke jamoasining muhim qismiga aylandi. Shu sababli «oqlar» bosh murabbiyi futbolchining 18 oydan so'ng yakuniga yetadigan amaldagi shartnomasini uzaytirishni talab qilmoqda.

Muzokaralar uchun asosiy sabablardan biri — boshqa klublarning qiziqishi. Tanaka «Chelsi», «Liverpul», «Man Yunayted» va «Tottenxem» e'tiborini tortdi.

Ao Tanaka Osiyo Kubogi sababli o'yinlarni o'tkazib yubormaydi

Ao Tanaka Osiyo Kubogi sababli o'yinlarni o'tkazib yubormaydi

Ao Tanaka Osiyo Kubogi sanalarining o'zgarishi sababli Leeds United safida o'yinlarni o'tkazib yubormaydigan bo'ldi.

Ao Tanaka Osiyo Kubogi sababli yanvar-fevral oylarida 6 tagacha o'yinni o'tkazib yuborishi kerak edi.

Ammo turnir "mintaqadagi favqulodda vaziyatlar va logistikadagi muammolar" tufayli 11 oyga ko'chirildi. Natijada Osiyo Kubogi 2027-yil 23-dekabrdan 2028-yil 21-yanvargacha bo'lib o'tadigan bo'ldi.

O'ng ustun yangiliklari