Real Madrid Smitga qiziqish bildirmoqda
AS xabariga ko'ra, Real Madrid Smitga qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha aniq qadamlar tashlanmagan. Futbolchiga Barselona va Atletiko ham da'vogar.
📰 AS xabariga ko'ra, Real Madrid Smitga qiziqish bildirmoqda. Mourinyu tarkibda Bernardu kabi universal futbolchilarni ko'rishni istaydi va 20 yoshli yarim himoyachi ushbu mezonlarga mos keladi.
Qizig'i shundaki, Smit 2023-yilda AZ Alkmar U-19 tarkibida Arbeloa boshchiligidagi Juvenil A jamoasini Yoshlar ligasining chorak finalidan chiqarib yuborib, madridliklarda katta taassurot qoldirgan edi. Smitning transferi uni xarid qilmoqchi bo'lgan klubga taxminan 60 million yevroga tushishi mumkin.
Ammo hozirgi vaqtda Real Madrid Smitni qo'lga kiritish uchun hech qanday qadam tashlagani yo'q. Madridliklar tarkibni to'liq deb hisoblamoqda, toki jamoadan kamida bitta futbolchi ketmas ekan.
Madriddan tashqari, Smitga Barselona va Atletiko ham qiziqish bildirmoqda. Biroq kataloniyaliklar hozirda birinchi navbatda Rodrini sotib olishga e'tibor qaratishgan. Matraschilar esa o'tgan qishda gollandiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga uringan, biroq rad javobini olib, yakunda yozda Yulmann transferini amalga oshirishgan edi.
Smitning o'zi AZ Alkmar safida yana bir mavsum qolish ehtimolini istisno etmayapti.